Imkoniyatlar
pDaftar nimalarni qila oladi
Bu sahifada faqat mobil ilova va web versiyada haqiqatda ishlayotgan imkoniyatlar ko‘rsatilgan. Har bir band qaysi platformada mavjudligi bilan belgilangan.
Qarz daftari va mijozlar
Kim, qachon, qancha — har bir qarz sana, valyuta, muddat va izoh bilan saqlanadi.

Qarz va to‘lov yozish
Summa, valyuta, to‘lov muddati, izoh va rasm biriktirish. Bekor qilish va tahrirlash tarixda qoladi.
Muddati o‘tganlar nazorati
Qarzdorlar va muddati o‘tganlar alohida ro‘yxatda; muddatni keyinroq uzaytirish mumkin.
Mijoz papkalari
Mijozlarni papkalarga ajrating, har bir papka uchun filtr va tartib saqlanadi.
Mijoz tarixi havolasi va QR
Mijozga havola yuborasiz — u qarz tarixini o‘zi ko‘radi. Karta yoki brelok ko‘rinishida QR chop etiladi.
Mijoz manzili xaritada
Koordinatani saqlang, Google/Yandex xaritada oching, ulashing.
Excel va kontaktlardan import
Mijozlarni xlsx fayldan yoki telefon kontaktlaridan bir marta yuklab oling.
Nasiya savdo
Oylik to‘lov, muddat va boshlang‘ich to‘lov — jadval avtomatik tuziladi.
Nasiya shartnomasi
Oylik to‘lov × oylar soni + boshlang‘ich to‘lov. Yaratishdan oldin narx ko‘rinadi.
To‘lovlarni qayd etish
Har bir to‘lov jadvalda belgilanadi; shartnomani yakunlash yoki o‘chirish mumkin.
Avtomatik SMS eslatma
Har bir nasiya to‘lovi uchun eslatma SMS rejalashtiriladi.
Sotuv, sklad va kirim
Mahsulot, qoldiq, narx tarixi va ta’minotchi fakturalari — bitta tizimda.
Sklad
Mahsulotlar, miqdor, birlik, narx va tannarx; narx o‘zgarishlari tarixi.
Ko‘p birlik
Dona, qop, quti — har bir birlik uchun alohida narx va konvertatsiya.
Sotuv: skaner bilan
Shtrix-kod/QR skanerlab savatga qo‘shing, chek mijoz qarziga yoziladi va qoldiq kamayadi.
Sotuv kalkulyatori
Narxli qatorlar, saqlangan ro‘yxatlar, chek ko‘rinishi; mijoz qarziga saqlash.
Kirim
Ta’minotchi fakturalari, qoralamalar, yetkazma guruhlari, tuzatish va bekor qilish.
Qaytarish va hisobdan chiqarish
Qaytarishlar, brak, inventarizatsiya — qoldiq harakati tarixi bilan.
Ta’minotchilar va balans
Ta’minotchi bo‘yicha kirim/chiqim, valyutalar bo‘yicha balans, tranzaksiya tarixi.
Kassa
Kunlik kirim va chiqim, toifalar va balans — bir ekranda.

Kirim va chiqim
Yozuvlar, tahrirlash, o‘chirish; o‘z toifalaringizni yarating.
Balans va grafiklar
Toifalar bo‘yicha xulosa va davr bo‘yicha grafiklar, umumiy lenta.
Kassa-sinxron
Mijoz to‘lovlari va ta’minotchi chiqimlari kassaga avtomatik tushadi; eski yozuvlarni ham to‘ldirish mumkin.
SMS, Telegram va ovozli eslatmalar
Mijozga xabar o‘zi boradi — siz qo‘ng‘iroq qilib yurmaysiz.

Avtomatik SMS
Qarz yozilganda, to‘lov qabul qilinganda va muddat kuni soat 09:00 da — 4546 raqamidan.
SMS shablonlar
Har bir xabar turi uchun o‘z matningiz; moderatsiyadan o‘tgach ishlaydi.
SMS tarqatma
Mijozlarni tanlang, vaqtini belgilang, yetkazilganini statistikada ko‘ring.
MobSMS — o‘z SIM-kartangizdan
Android telefoningizni SMS shlyuz sifatida ulang va operator tarifingizda yuboring.
Telegram bot mijozlar uchun
Mijoz botga ulanadi va qarz xabarlarini bepul oladi; Telegram tarqatmalar statistika bilan.
Egasi uchun Telegram bot
Kunlik biznes xulosasi tanlangan vaqtda, balans to‘ldirish va ta’minotchi amallari botdan.
Ovozli qo‘ng‘iroq
Matn ovozga aylanib mijozga qo‘ng‘iroq qilinadi; shablonlar, ovoz tanlash, statistika.
Push bildirishnomalar
Kunlik eslatma vaqti va ertalabki xulosa — o‘zingiz sozlaysiz.
Hisobotlar va statistika
Ko‘chada qancha pulingiz yotibdi — bir tugmada.

Mijoz hisoboti
PDF yoki Excel; tarif limitidan oshsa hamyondan to‘lab olinadi.
Ta’minotchi hisoboti
Ta’minotchi bo‘yicha kirim/chiqim va balans hisoboti.
Biznes mijozlari hisoboti
Butun do‘kon bo‘yicha kirim/chiqim — bitta Excel fayl.
Dashboard
Balanslar, qarzdorlar va haqdorlar, davr bo‘yicha grafiklar.
Mahsulot statistikasi
Mahsulot bo‘yicha savdo va marja; kunlik savdo ko‘rinishi.
Sotuvchi hisobotlari
Har bir sotuvchining amallari, mijoz/ta’minotchi/kassa xulosasi.
Sotuvchi lokatsiyasi
Marshrut xaritasi, tashrif hisoboti, ish soatlari oynasi.
Jamoa va bir nechta do‘kon
Sotuvchilar yuritadi — siz nazorat qilasiz.

Sotuvchi qo‘shish
Telefon raqam va OTP orqali; parol, boshqa do‘konga ko‘chirish, o‘chirish.
Ruxsatlar matritsasi
Har bir sotuvchi uchun 50 ga yaqin alohida ruxsat: mijozlar, sklad, kassa, SMS, sotuv.
Xodimlar
Oylik maosh qatorlari, kirim/chiqim, valyutalar bo‘yicha balans.
Bir nechta do‘kon
Biznesingizni bir profilda yuriting, do‘konlar orasida bir bosishda o‘ting.
Tarmoq va ulashish (B2B)
Ta’minotchingiz ham pDaftarda — buyurtma, nakladnoy va tasdiqlash ilova ichida.
Bog‘langan do‘konlar
Ta’minotchiga ilova ichidan buyurtma bering; kiruvchi/chiquvchi buyurtmalar va holatlar.
Tranzaksiya tasdiqlash
Bir tomon yozgan amalni ikkinchi tomon tasdiqlaydi yoki rad etadi.
E-nakladnoy
Qarzdan nakladnoy yarating, havola bilan ulashing; QR orqali kirimga bepul import.
Do‘kon sahifasi va QR
pdaftar.uz/sh/… sahifasi; brelok yorliqlari va peshtaxta uchun QR stend (PDF).
Xarid ro‘yxati va takliflar
Ro‘yxatni ta’minotchilarga ulashing, ular narx taklifini yuboradi, siz tanlaysiz.
Biznes katalogi
Toifalar bo‘yicha jamoa katalogi va do‘koningiz profili.
Taklif dasturi
Taklif kodi va havola; taklif qilinganlar ro‘yxati va referal balans.
Qo‘shimcha vositalar
Chek chop etish, AI faktura skaneri, ijara va ko‘p valyuta.
Termoprinterda chek
Bluetooth ESC/POS printerlar (58/80 mm), sinov cheki, tekshirilgan printerlar ro‘yxati; A4 ga ham chop etish.
AI faktura skaneri
Nakladnoy rasmini oling — mahsulot qatorlari avtomatik tanib olinadi va kirimga tushadi.
AI mahsulot rasmi
Nomi va tavsifidan mahsulot rasmi yaratish yoki mavjud rasmni studiya ko‘rinishiga keltirish.
Ijara moduli
Ijara shartnomasi, davriy to‘lov, qaytarishda qayta hisoblash va SMS eslatmalar.
Ko‘p valyuta
UZS, USD va boshqalar; do‘kon kurslari, kurs tarixi, konvertatsiya.
AI yordamchi
Ilova ichida savol-javob; kerak bo‘lsa operator javob beradi.
Hisob, tariflar va xavfsizlik
Kirish usullari, obuna va hamyon — bir joyda.

Kirish usullari
Telefon + parol yoki OTP, Telegram, Google; ilova uchun PIN-kod va barmoq izi.
Web’ga bir bosishda
Ilovadan web versiyaga qayta kirmasdan o‘tasiz.
Qurilmalar va sessiyalar
Faol sessiyalar ro‘yxati; bittasini yoki hammasini yakunlash.
Tariflar va hamyon
Bepul tarif muddatsiz, 10 kunlik sinov; Payme va Click orqali to‘ldirish; SMS paketlari.
4 til
O‘zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tillari.
Hammasini bepul sinab ko‘ring
Bepul tarif muddatsiz. Ilovani yuklab oling yoki web versiyada ishlang.