Bepul vosita
Ustama kalkulyatori: sotuv narxi, ustama va marja
Tannarxni kiriting va qancha ustama qo‘yishni tanlang — sotuv narxi va bir donadan foyda chiqadi. Teskari hisob ham bor: tannarx va sotuv narxidan ustama va marjani topadi.
- Bepul
- Ro‘yxatdan o‘tmasdan
- Telefonda ishlaydi
Natija
- Sotuv narxi
- 12 500 so‘m
- Bir donadan foyda
- 2 500 so‘m
- Ustama
- 25%
- Marja
- 20%
Hisob brauzeringizda bajariladi: kiritgan raqamlaringiz hech qayerga yuborilmaydi va saqlanmaydi.
Ustama va marja — farqi nimada
Ustama — foydaning tannarxga nisbati. Marja — foydaning sotuv narxiga nisbati.
Bir xil foyda uchun ustama har doim marjadan katta. 10 000 so‘mga olib, 12 500 so‘mga sotsangiz, foyda 2 500 so‘m: bu 25% ustama, lekin 20% marja.
Yetkazib beruvchi bilan “30% qo‘yamiz” deb kelishganda, qaysi biri nazarda tutilganini aniqlang: 30% marja 30% ustamadan ancha qimmat narx beradi.
| Ustama | Marja |
|---|---|
| 10% | 9,1% |
| 20% | 16,7% |
| 25% | 20% |
| 30% | 23,1% |
| 50% | 33,3% |
| 100% | 50% |
Ko‘p beriladigan savollar
Ustama va marja o‘rtasidagi farq nima?
Ustama foydani tannarxga, marja esa sotuv narxiga bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli bir xil foyda uchun ustama har doim kattaroq: 25% ustama = 20% marja, 100% ustama = 50% marja.
Sotuv narxini marja bo‘yicha qanday hisoblayman?
Narx = tannarx ÷ (1 − marja). 70 000 so‘mlik mahsulotga 30% marja uchun: 70 000 ÷ 0,7 = 100 000 so‘m. Ustama bo‘yicha esa: narx = tannarx × (1 + ustama), 70 000 × 1,3 = 91 000 so‘m.
Marja 100% bo‘lishi mumkinmi?
Yo‘q. Marja sotuv narxining ulushi, foyda narxdan katta bo‘lolmaydi, shuning uchun marja doim 100% dan kichik. Ustama esa 100% dan oshishi mumkin: 100% ustama narxni ikki baravar qiladi.
Dollarda olib, so‘mda sotsam-chi?
Avval tannarxni sotadigan valyutangizga kurs bo‘yicha o‘tkazing, keyin hisoblang — kalkulyator bitta valyutada ishlaydi. pDaftar ilovasida esa so‘m va dollar hisoblari yonma-yon yuritiladi.
Tannarx va sotuv narxini pDaftar’da saqlang
Mahsulotlarni tannarxi va sotuv narxi bilan skladga kiriting — qoldiq, ombor qiymati va kutilayotgan foyda har bir mahsulot bo‘yicha ko‘rinadi.
Yoki brauzerda oching: web.pdaftar.uz →