Yordam markazi

Ko'p so'raladigan savollar va javoblar

Savol-javob

Ko'p so'raladigan savollar

Javob topmadingizmi? Telegram yoki telefon orqali yozing — ish kunlari 1 soat ichida javob beramiz.

Yordam markazi
pDaftar nima?

pDaftar - bu sizning biznesingizda qarzdorliklarni, nasiya savdoni va hisob-kitoblarni boshqarishdagi judayam kerakli yordamchingiz bo'ladi. Daftar va qog'oz yozuvlarsiz qarz daftarini boshqarish imkoniyatini beradi.

Bu kim uchun?

Kichik/o'rta biznes egalari yoki umuman qarz bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar/biznesmenlar uchun. Nasiya savdo va biznes hisob-kitob bilan ishlaydigan barcha uchun.

Nima uchun pDaftarga qo‘shilishim kerak?

Ro‘yxatdan o‘tganda siz faqat hisob-kitobingizni raqamlashtirmaysiz — minglab biznes ishlayotgan tarmoqqa qo‘shilasiz: ta’minotchiga ilova ichidan buyurtma berasiz, elektron nakladnoy olasiz, mijozga qarz tarixini havola bilan yuborasiz va do‘koningiz onlayn sahifaga ega bo‘ladi. Boshlash bepul.

Nima uchun nasiya savdo qog'oz daftarida xavfli?

Qog'oz daftar yo'qolsa, qarzlar unutiladi; pDaftar bulutda saqlaydi va eslatmalar jo'natadi. Biznes hisob-kitoblarini xavfsiz boshqarish uchun pDaftar yechimdir.

Ilovada nasiya savdoni qanday boshqaraman?

Har bir kredit savdoni kiritasiz → muddat, summa → pDaftar to'lov sanasini SMS/Telegram orqali eslatadi. Qarz daftarini avtomatik boshqarish imkoniyati.

pDaftar qanday ishlaydi?

pDaftar dan foydalanish uchun sodda ro'yxatdan o'tishni amalga oshirasiz, Do'koningizni(biznes) qo'shasiz va tayyor! Qarz, nasiya va hisob-kitob boshqaruvini boshlashingiz mumkin.

pDaftar xafvsizmi?

pDaftar ma'lumotlaringizni ko'z qorachig'idek asraydi! Buning uchun biz ma'lumotlar bazasidan kunlik BACKUP(nusxa) olib boramiz.

Bu qancha turadi?

Dastur imkoniyatlarini foydalanish uchun 2 xil turdagi tarifflarimizdan foydalanishingiz mumkin. Bepul - yosh biznesmen, Pullik - Tajribali biznesmenlar uchun.

Qarz daftari nima?

Qarz daftari - mijozlarning qarz/oldi-berdi yozuvlari. pDaftar qarzlarni online hisob-kitob qiladi va muddatlarni eslatadi.

Nasiya savdo nima?

Nasiya savdo - tovarni hozir olib, keyin to'lash. pDaftar bo'lib-to'lash muddatlari va to'lovlarini nazorat qiladi.

Qanday ro'yxatdan o'taman?

Ilovani yuklab oling, telefon raqami bilan ro'yxatdan o'ting va biznesingizni qo'shing.

Ilovani qayerdan yuklab olaman (APK)?

Ilovani Android uchun Play Market, iOS uchun App Store orqali yuklab oling. APK tavsiya etilmaydi, rasmiy do'konlardan foydalaning.

Yana yordam kerakmi?

Agar savolingiz bo'lsa, biz bilan bog'laning

Bog'lanish