Bepul vosita
Qarz eslatma SMS generatori va belgilar hisoblagichi
pDaftar mijozlarga yuboradigan eslatma shablonlaridan birini tanlang va ma’lumotlarni kiriting — tayyor matn va u necha SMS bo‘lishi darhol ko‘rinadi.
- Bepul
- Ro‘yxatdan o‘tmasdan
- Telefonda ishlaydi
Tayyor SMS matni
Hurmatli Aziza Toʻxtayeva, Baraka do‘koni dagi qarzingiz 1,500,000 UZS. Balans: 1,500,000 UZS. To'lov sanasiga 3 kun qoldi. Tel: +998 90 123 45 67.
- SMS soni
- 3
- Kodlash
- UCS-2
- Belgilar
- 147 / 201
- Bitta SMSga sig‘adi
- 67
- Keyingi SMSgacha
- 54
UCS-2 ga o‘tkazgan belgilar
ʻU+02BB‘U+2018U+00A0
Hisob brauzeringizda bajariladi: kiritgan raqamlaringiz hech qayerga yuborilmaydi va saqlanmaydi.
Nega bir xil matn 1 emas, 3 SMS bo‘ladi
Lotin harfidagi matn GSM-7 kodlashda ketadi: bitta SMSga 160 belgi sig‘adi, uzunroq matn 153 belgilik qismlarga bo‘linadi.
Matnda bitta kirill harfi yoki oʻ, gʻ dagi ʻ belgisi bo‘lsa, butun xabar UCS-2 ga o‘tadi: bitta SMS 70 belgi, qismlar 67 belgidan. Telefonda matn bir xil ko‘rinadi, lekin SMS soni 2–3 baravar oshadi.
pDaftar mijoz va do‘kon nomlaridagi ʻ va ’ belgilarini yuborishdan oldin avtomatik ' ga almashtiradi. Ruscha matn esa har doim UCS-2 da ketadi — uni faqat qisqartirish yordam beradi.
Ko‘p beriladigan savollar
Nega SMS 160 emas, 70 belgidan bo‘linyapti?
Matnda GSM-7 to‘plamida yo‘q belgi bor: kirill harfi, oʻ/gʻ dagi ʻ, iPhone qo‘yadigan ’ tutuq belgisi yoki emoji. Bitta shunday belgi butun xabarni UCS-2 ga o‘tkazadi va limit 160 dan 70 belgiga tushadi. Hisoblagich bunday belgilarni alohida ko‘rsatadi.
Matnni qisqartirmasdan SMS sonini qanday kamaytiraman?
ʻ va ’ o‘rniga oddiy ' ishlating, emoji va maxsus qo‘shtirnoqlardan voz keching. “ASCII-xavfsiz” belgisi shuni avtomatik qiladi. Ruscha matnga bu yordam bermaydi — u har doim UCS-2 da ketadi.
pDaftar bu eslatmalarni o‘zi yuboradimi?
Ha. Qarzga muddat qo‘ysangiz, pDaftar muddat kuni mijozga 4546 qisqa raqamidan eslatma yuboradi — standart vaqt 09:00, uni sozlamalarda o‘zgartirasiz. Muddatdan oldin va keyin eslatish alohida yoqiladi, xabarni ilovadan qo‘lda ham yuborish mumkin. SMS limiti tarifga bog‘liq — amaldagi narxlar tariflar sahifasida.
Bu generator SMS yuboradimi?
Yo‘q. U faqat matnni tayyorlaydi va hisoblaydi. Hech qanday xabar yuborilmaydi, kiritilgan ism va raqamlar saqlanmaydi.
Eslatmani pDaftar o‘zi yuborsin
Qarzni muddati bilan yozing — pDaftar mijozga shu shablondagi eslatmani 4546 raqamidan yuboradi, siz esa qo‘ng‘iroq qilib eslatishga vaqt sarflamaysiz.
Yoki brauzerda oching: web.pdaftar.uz →