Mobil ilovaWeb versiya
Mijozlar uchun Telegram bot: qarz va to‘lov xabarlari bepul boradi
SMS limiti tugab qolishi mumkin, Telegram xabari esa hech narsa turmaydi. Mijozingiz botga bir marta ulansa, qarz yozilganda va to‘lov qabul qilinganda xabarni Telegramda oladi. Siz esa ulangan mijozlarga tarqatma yuborib, kim olganini ko‘rasiz.
Mijozni botga qanday ulash
Mijoz kartasida «Telegramga taklif qilish» tugmasi bor. Uni bossangiz, pDaftar mijoz uchun taklif tayyorlaydi: ilovani o‘rnatish va bot havolasi bilan SMS matni. «SMS dasturini ochish» orqali xabar telefoningizdagi SMS ilovasidan mijozga ketadi, siz esa «Yuborildi» deb belgilaysiz.
Mijoz havolani bosib, botda telefon raqamini ko‘rsatadi — shu bilan u sizning do‘koningizga bog‘lanadi. Mijoz botni o‘zi topib, raqamini yuborsa ham bo‘ladi. Ulangan mijozning kartasida «Mijoz allaqachon Telegramga ulangan» ko‘rinadi.
Mijoz raqamini pDaftar dagi kartasida yozilgan raqam bilan bir xil yuborishi kerak — bot aynan shu raqam bo‘yicha uni sizning do‘koningizga bog‘laydi. Mijoz kartasida «Telegram bot xabarlar tarixi» bo‘limi bor: unga qachon qanday xabar ketgani shu yerda turadi, SMS tarixi bilan yonma-yon.
Mijoz qanday xabarlarni oladi
Ulangan mijozga siz qarz yozganingizda, to‘lov qabul qilganingizda, yozuvni bekor qilganingizda yoki izohini o‘zgartirganingizda bot xabar yuboradi. Matn sizning SMS shablonlaringizdan olinadi, shuning uchun alohida sozlash kerak emas. Sotuv ro‘yxati bilan qarz yozilgan bo‘lsa, mijozga mahsulotlar ro‘yxati ham boradi.
Bu xabarlar SMS limitidan yechilmaydi. Mijozga SMS ham, Telegram ham borishini xohlamasangiz, mijoz kartasidagi sozlamalarda «Telegram-Bot xabar yuboriladi» va SMS bildirishnomalarini alohida boshqarasiz.
Mijoz uchun bu qulay: xabarlar Telegramda saqlanib turadi va u istalgan vaqtda qaytib ko‘radi. Do‘kon telefoni xabarning ichida bo‘lgani uchun savol tug‘ilsa, darhol sizga bog‘lanadi.
- Yangi qarz — summa, qoldiq va do‘kon ma’lumotlari bilan
- To‘lov qabul qilindi — to‘langan summa va yangi balans
- Bekor qilish va izoh o‘zgarishi — mijoz hamisha bir xil raqamlarni ko‘radi
Telegram tarqatma va statistika
«Telegram jo‘natmalar» ekranida «Yangi jo‘natma» ni bosib, botga ulangan mijozlarni tanlaysiz; ro‘yxatda ism yoki raqam bo‘yicha qidiruv bor. Xabar uchun tayyor andozani olasiz yoki «Yoki o‘z matningiz» maydoniga o‘zingiz yozasiz — moderatsiya kerak emas. «Hozir yuborish» yoki «Belgilangan vaqtda» — ikkalasi ham mumkin.
Yuborilgandan keyin tarqatma kartasida nechta xabar ketgani va nechtasi muvaffaqiyatsiz bo‘lgani ko‘rinadi. Har bir jo‘natmaning holati — kutilmoqda, jarayonda, yakunlandi yoki bekor qilingan — ro‘yxatda turadi; hali boshlanmagan jo‘natmani bekor qilasiz. Bitta mijozga alohida Telegram xabar yuborish ham mumkin: mijoz kartasida «Telegram orqali yuborish» tugmasi bor.
Mobil ilova va web versiya
Xabarlar serverdan ketadi, shuning uchun qarzni telefondan yoki web versiyadan yozganingiz farq qilmaydi — ulangan mijoz xabarni baribir oladi. Sotuvchilaringiz yozgan qarz va to‘lovlar uchun ham xabar xuddi shunday ketadi. Mijozni taklif qilish va Telegram tarqatma mobil ilovada qulayroq, chunki taklif SMS sizning telefoningizdan ketadi.
Qanday foydalaniladi
- Mijoz kartasini oching va «Telegramga taklif qilish» tugmasini bosing.
- «SMS dasturini ochish» orqali tayyor taklif matnini mijozga yuboring va «Yuborildi» ni bosing.
- Mijoz havoladan botga kirib, telefon raqamini yuboradi — shundan keyin u ulangan hisoblanadi.
- Keyingi qarz va to‘lovlar haqida mijoz xabarni Telegramda oladi.
- Tarqatma uchun «Telegram jo‘natmalar» ekranida mijozlarni tanlang, matn yozing va yuboring.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Mijozga Telegram orqali xabar bepulmi?
Ha, Telegram xabarlari SMS limitidan yechilmaydi va hamyondan pul olinmaydi.
Mijoz botga ulanmasa, xabar qanday boradi?
Odatdagidek SMS orqali. Telegram ulanmagan mijozlar tarqatma ro‘yxatida ko‘rinmaydi.
Telegram tarqatma uchun shablon moderatsiyasi kerakmi?
Yo‘q. O‘z matningizni yozib darhol yuborasiz yoki tayyor andozadan foydalanasiz.
Mijozga Telegram va SMS ikkalasi ham boradimi?
Sozlamaga bog‘liq. Mijoz kartasida SMS va Telegram bildirishnomalarini alohida yoqib-o‘chirasiz.
Bepul sinab ko‘ring
Bepul tarif muddatsiz. Ilovani yuklab oling yoki web versiyada ishlang.